Aytding: "Do'stim, do'stlar sendek holim so'rmaslar, Men qoqilsam ochiq ko'zlar buni ko'rmaslar, Dushmanlarim bu holimga kulib to'ymaslar, Do'stdan g'arib do'stman, shundan ko'zlarimda yosh.
Yordan so'rsam yor vaslini, bo'lsa bevafo, Xasta ko'nglim dardiga yor bo'lmasa davo, Ilxom bo'lib navo emas, keltirsa jafo, Yordan g'arib yorman, shundan ko'zlarimda yosh.
Qayga bormay qadrim topmay boshim yoraman, Taxtim uchun baxtimni ham loyga qoraman, Xalqman deyman, lekin yo'lda tanho boraman, Eldan g'arib elman, shundan ko'zlarimda yosh"
Do'stim, bildim, nechun sening ko'zlaringda yosh, Nechun behol turadirsan ma'yus egib bosh, Sirdosh emas, endi men ham senga bir darddosh, Sendek mening ko'zlarimda qatra-qatra yosh.