O’lmaydi, deydilar ,asl muhabbat, Men ham bugun uni yurakka ko’mdim. Ochilmayin so’lgan sevgim haqqiga Pinhon tilovatlar qilishga ko’ndim. O’zimni qiynamoq menga orzumas, Yuragimni berib qayg’u alamga . Endi unutishim kerak sizni,bas, Yo’qsa qalbga kim solmas alanga. Sizni unutmasam murg’ak yurakni Bir umrga armon parchalab tashlar. Tatimay qoladi eng baxtli damlar , Sizsiz bag’ri –dilim ayriliq g’ashlar. Naqadar azobli sizni unutish, Qalbimga yozilgan har bir so’zingiz. Har nega vaqt davo etsa ham,lekin, Yillar ham yuvolmas qalbdan izingiz.
|