
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Dushanba, 02.03.2026, 21:25 |  |
|
 |
Главная » Sherlar [ Стихи ]
|
Амир бошла бизни Жанга юрак тафти босилсин Дардлар сигмас ушбу танга золим дорга осилсин Мазмумларнинг нолалари юрак багрим кон килар Шахид бева болалари Касос ол деп хай кирар Зиндонларда муслималар кузда ёшмас окар кон Аллох учун таслималар исканжада берар жон Ака ука ёш болалар тулгандур зиндонларга Улар чеккан ох нолалар сигмайди осмонларга Бошла бизни жанга амир касос ерда колмасин Коп гайратсиз колдик ахир Аллох юзга солмасин Роббимизнинг каломини топ топ кулиб отарлар Муминларга саломини нажосатга отарлар Расул Акрам Мухаммадни маззах килар тинмайин Аллох севган ул Ахмадни кимлигини билмайин Фаластинда оху нола еру кокни кутмокда Шахид бева етимла бола касоскорни кутмокда Бошла бизни жанга амир жуш урмокда конимиз Бу касосга корма хакир Робга фидо жонимиз
|
|
Kulguli tuyular kimgadir so'zim Kimgadir yoqmaydi bu ikki ko'zim Savollar beraman o'zimga - o'zim Jarangsiz chalinar qo'ldagi sozim!
|
Sevgi nimaga bog'liq? Yoshgami yoki Boshga? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 
|
|
O'lgin deding - yerga ko'mding - Ildiz bo'ldim. Ko'kka otding - yo'q bo'l deding - Yulduz bo'ldim Tilim kesding - tilim aytdi Rost kalima... Qiyin bo'ldi senga sho'rlik Dushmanim-a?! Dushmanim-a toshlar otib To'ymaydursan. Tuproq bo'lay, desam, nega Qo'ymaydursan?....
|
|
Vujudimni to'fonlarga to'ldirmadim So'zlarimni til uchida o'ldirmadim Chopqir kunlar boshlab keldi xuzuringga Kelaverdim, lek o'zimni keltirmadim
O'ylamagin qaytib bosmadim izimni Dil qa'riga olib qochmadim ko'zimni Seni tashlab ketgan edim o'tmishimda O'tmishimga tashlab keldim men o'zimni.
|
Olib ket.... Meni samoga... Beholma bu sevgining yolg'onidan... Olib ket... Meni daryoga... Charchadim armonlarimdan..... Senga senga begona... Senga senga afsona..... Ishqingda yona - yona... Dilim hayrona... Hayollarim vayrona.... Men uchun sen bir dona... Dil hayrona... Men devona...... 
|
|
У калблар куввати, рухлар озукасидир. У кўз кувончи бўлиб, у шундай хаётки, ундан бебахра одам ўликлар жумласидандир. У нурдирки, уни йукотган одам зулуматлар тўфонлари ичра колиб кетибди. У шифодирки, ким ундан ажралиб колса, унинг калбини жамики касалликлар эгаллаб олади. У шундай тотли лаззатки, ким уни согинмас, кўмсамас экан, унинг хаёти гаму-аламлар ичра ўтгусидир.Бу севги
Севги бол, севги огу,Юракни килар пора. Уни деб неча калблар,Тополмас дардга чора. Тохир севди Зухрони,Етолмади бечора. Мажнун севиб Лайлини,Охир булди девона. Отабекчи Кумуш деб,Булди канча овора. Раъно деб куйди анвар,Юраги ёна-ёна. Ширинга етмок учун,Фарход чикди мардона. Барчиной деб Алпомиш,Булдику хуп сарсона. Соф туйгудир мухаббат,Ширинликда ягона. Кизларни деб йигитлар,Шунинг учун парвона!
|
|
Men yolg’izman go’yo, dunyoda bitta, Do’stlarim yiroqda ,qardoshlarim ham. Kun o’tib bormoqda tun bilan birga, Lek qadring bilinar ,onajon o’lkam! £££££££££££££££££££££££££££££££££££ Yolg’izman deb do’stlar izladim rosa, Izlab bormoqdaman seningdek do’stni Toparmikan deb,qidirmoqdaman Yuragim intilar yana sen tomon! $$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$ Yillar o’tib borar –brinma-ketin , Sog’inaveraman sening mehringni. Gar ochun aylansam topmasman qadring! Jannatmakon o’lkam-O’zbekistonim!
|
Menga qarab tikilib turishlaring sogindim Asta qulimdan tutib yurishlaring sogindim Seni mendan qizg'anib bizni ayirdi taqdir Azizim deb qo'ngiroq qilishlaring sogindim
Men tomonga jilmayib kulishlaring sogindim Yonimda birga xayol surishlaring sogindim Bu shirin onlarimni qaytarolmas hech narsa O'zgaga boqsam atay rashk qilishlaring sogindim
Yana sog'indim seni o'tli nigohlaringni Nozlaringni sogindim,ovozingni sogindim Ozim yupatolmasman sensiz qiynalar yurak Men uchun qilgan pardoz andozingni sogindim
Busamdan qizil yuzu anoringni sog'indim Titragan lablaringu diydoringni sog'indim Izlab topa olmasman bunday yoqimli hidni Sendan keluvchi hushboy iforingni sogindim
Nega buncha sogindim,telbalarcha sogindim Oshiq g'arib shohsanamni sogingancha sogindim Sezib kelmasligingni o'ksib o'ksib sog'indim Kechalari uxlolmay to tonggacha sog'indim.
Ko'ksigga boshim q
...
Davomi »
|
|
Nima uchun hayotga azob bilan qarayman, U menga faqatgina azob taqdim qiladi. Shunday kunlar beradi,yolg'izlikka tashlaydi, Nega yolg'iz yursam...BUNGA ROHAT QILADI. Menga beshafqat dunyo menga bevafo dunyo, Menga shafqat qilmaydi,menga vafo qilmaydi. Menga azob beradi,meni xech o'ylamaydi, Nega meni azoblab...BUNGA ROHAT QILADI. Orzularim yo'lida u xech taslim bo'lmaydi, Azob berarku,ammo quvonch xadya qilmaydi. Yig'lagan vaqtim menga dalda bera olmaydi, Nega meni yig'tatib...BUNGA ROHAT QILADI. Ko'nglim ko'tarish tursin,ko'ngil so'rab qo'ymaydi, Ko'nglim o'ksigan vaqtda,azoblarga tashlaydi. Siqilgan vaqtim xatto nazariga ilmaydi, Nega doim siqilsam...BUNGA ROHAT QILADI. Mayli meni azoblab bunga rohat qilsin, Azoblarga tashlasin,yuragimni qon qilsin. Menga azob berganda yuragim qiynalganda, Dunyolarga sig'masam...MAYLI XURSAND BO'LSIN!!!
|
|
Sen kimsan? Na kelding, na ketding, Vujuding liq to'la bo'm - bo'shlik Na qo'yib yubording, na tutding, Na o'ngga o'xshaysan, na tushdek...
Kim bilar bormisan, yo'qmisan? Borliging yo'qliging qadardir. Senlilik va sensizlik gumon Borlik-yo'qlik orasi nadir?
Ochilmagan - yopilmagan sir. Ko'zi ochiq ketgan bir hisdek, Boshing qayer, Oxiring qayer Bir dunyo Dunyosizlik....
|
|
Seni ko'rish uchun uyg'ondim, bahor, Seni ko'rish uchun yumdim ko'zimni. Quchoq ochib borsam, qalbingda kim bor? Alday olamanmi o'zim o'zimni?
Mendan nafasingni qizg'anmaysanmi? Darig' tutmaysanmi bir gul so'zingni? Yomg'irdek to'kilsam, yerdek to'shalib, Tutib berasanmi menga o'zigni?
Seni ko'zlarimga joylab toabad Qaytsam gar men bilan qaytolasanmi? Ayt meningsiz gullay olasanmi, ayt? "Gullay olmayman", deb aytolasanmi?
|
|
Nega jimsiz? Yig'lang, turibsiz to'lib, To'ldiring titroqqa bo'm-bo'sh havoni Yig'lang, shunday yig'lang, ikki yelkangizda silkiting ikki dunyoni.
Xohlang muhstingizni tuting depsining Urib ketsin birdan yerning yuragi Xech bo'lmasa xo'rsining ko'tarilib tushsin tebranmas tog'larning ko'kragi.
Nega jimsiz, nega? Loaqal tuflang, bo'g'zingizga tiqilgan bardoshni. Tikilmang yo'q, bunday tikilmang, axir O'ldirib qo'yasiz Quyoshni!
|
Er uyga g`irt mast holda keldi. - Dadasi, endi ichmayman, deb va`da bergandingiz-ku, yana ichibsiz-da?! - Ha, ichdim, ichkilikni tashlaganimga uch kun bo`lganligi uchun ichdim.
|
« 1 2 ... 5 6 7 8 9 ... 42 43 » |
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|