Меню сайта
Shahsiy
Опрос
Яна кандай кушимчалар зарур ?
Barcha javoblar: 429
Приветствую Вас Mehmon | RSS WWW.SHERLAR.AT.UA Shanba, 21.06.2025, 04:34
Главная » Sherlar [ Стихи ]
Yo'llar yetaklaydi bizlarni hamon, Go'yo rost dunyo go'yoki yolg'on.
Hech kim bilmas yorug' olamda, Kim tarki dunyo-yu kim qolar omon.
Yolg'ondan to'ydi bu ikki ko'zim,
Yuragim oldida ojizman o'zim.
Sevganim qo'liga yetmadi qo'lim,
Bugun menga achinib yig'laydi qalbim...
Bir vaqtlar sevgidan bahtiyor edik, Bizga begona edi qo'rqinchli hadik. Bugun yolg'iz o'tiribman, ertadan qo'rqib, Nechun kelmadingiz bir bora eslab. Sevaman derdingiz aqlim shoshirib, Muhabbat osmonida yengil uchirib. Bir lahzada yurakdan sevgim o'chirib, Nechun kelmadingiz bir bora eslab. Endi ne qilmoqqa yetmaydi aqlim, Uzatsamda sizga yetmaydi qo'lim. Bundan ortiq sevgi bo'lardi o'lim, Nahot endi kelmaysiz bir bora eslab. Yozning iliq iqshomlari sizni qalbimga boshlab kelgandi. Endi kuzning sarg'aygan yaproqlari kabi shamollarga qo'shilib meni tark etyapsiz. Mayli, ketishni ihtiyor etgan ekansiz, boravering. Faqat bir o'tinchim, aybimni aytib keting!!!
Ha sevaman! Buni etmayman inkor, Behuda emasdi ko'ngil izhorim. Shubhalar hammasi-hammasi bekor, Sababi bu emas qat'iy qarorim. Bugun tushundim men taqdir hazilin, Bugun menga ayon zim-ziyo sirlar. Bugun bildim tenging emasligimni, Bugun bu ko'z yoshlar qalbimni tirnar. Taqdir atalmish bu muhtasham saroy, Biz ikkimiz uchun ko'tarmagan qad. Bahor ham shunchalar bersada chiroy, Birga ko'rolmadi bizlarni faqat. Uzr so'ramayman ketish oldidan, Chunki sevish, ahir, emasku gunoh, Bosh olib bu yerdan sening vaslingdan, Bilmayman qayerdan toparman panoh. Ho'p, mayli, uz endi sevging rishtasin, Hayotda bahting top deb qilaman nido. Yagona tilagim, qayg'u neligin, Bilmasdan yashagin, Hayr! Alvido!
Yomg'ir yog'ayapti, yig'laydi yurak, Xazon to'kilmoqda, armondir tilak. Mungli yuraklarga navbahor kerak, Bugun qorayadi qorim Azizim, Yana o'rtanmoqda jonim Azizim. Bilmadim, negadir shodon kunim yo'q, Sizni o'ylamagan biror tunim yo'q. So'zlayman-u, ammo chiqar unim yo'q, Faqat shu qog'ozdir borim Azizim, Hozir yana sukut zorim Azizim. Tong otadi, lekin ko'nglim qorong'u, Tunda ko'zlarimga kelmaydi uyqu. Buncha qiynamasa meni bu tuyg'u, Qalbim qiynalmoqda hozir Azizim, Sizni kutmoqdaman borim Azizim.
Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq, Kuzak - hayolimda mitti tugunchak. Jismim - oyog'ingda toptalgan tuproq, She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha. Tunlar qulog'imda qolib ketgan sas, Tonglar vujudimda esgan bir nasim. Jonim, boshqasini topmadim, hullas, Sening ko'zlaringga kelar havasim...
Yaqinlariz ko'z o'ngida hazon kabi to'kilmang, O'sha mahzun hayot hali quvonchlarga to'ladi. Tarqab ketar hali ko'kda qanot yozgan qora bulut, O'z nurlarin charaqlatib kulib chiqar sizga quyosh. Umid aytar: O'kinmagin, bu kunlaring barin unut, O'zim bo'lay yo'llaringda, hayotingda senga yo'ldosh. Umid borki, inson zoti qaddin baland tutadi, Gar bo'lmasa yovuz ummon bizni ichga yutadi. Bu dunyoning armonlarin yengib, ortga qaytaylik biz, Chunki, bizni umid boglab, qora ko'zlar kutadi.
Bilmadimki bu ne sinoat, Seni ko'rgim kelaveradi, Hayolim qalbimga qilmay qanoat, Shamolday sen tomon yelaveradi. Bilaman, sen haqingda o'ylash, Gunohlarim ichra eng og'ir gunoh. Bu go'zal sevgimu, hayollarimga, Faqat ozim, qalbim, va olloh guvoh. Hatto tushlarimda bo'lasan paydo, Tinch qo'ymaysan hatto kechalar, Aslo aytgim kelmas hayr, Alvido! Yo'qotgim kelmaydi seni qanchalar. Aslida sen men uchun qo'l yetmas yulduz, Hayotingda hamroh o'zga bir inson. Ammo qo'rqma, men aytar dil so'z, Men-la qabrgacha ketadi ishon. Ba'zan yolgizlikdan qalbim qiynalib, Ming bor yiglayman-u va bir kulaman. Sensiz menga hayot qorong'u, Sensiz xazon bo'lib, bir kun o'laman!
Bir ko'rinding-u, yana ketding qush kabi uchib, Aytgin qaydan o'zing uchun sen topding panoh. Men-ku qoldim ko'zim yoshlab, surating quchib, Muhabbatni zor qaqshatish emasmu senga gunoh. Bu dunyoga qo'lim siltab, taqdirga tan berganimda, O'zing menga umid berib, hayotimga qaytarding. Endi esa qo'ling tutib, topdim bahtim deganimda, O'sha tubsiz jarlik tomon meni o'zing itarding. Nechun falak bizlar uchun orqasiga aylandi, Mening kabi seni suygan inson asli bormidi. Sensiz o'tar kunlar yana bir-biriga ulandi, Mana endi biz ajrashdik, dil-dildan bezormidi? Ne bo'lsa ham taqdir ekan, sen ollohga omonat, Ammo yolg'iz o'tinchim bor, so'zlarimga quloq tut. Pok sevgiga mehribonim, qilma aslo hiyonat. Gar qo'lingdan kelsa agar, meni bir umrga unut!
Илк севги энг баланд кукдаги юлдуз Ундан узолмаймиз куз киримизни Висол деганлари армон булса хам Согиниб яшайлик бир биримизни Омонат дунёга омонлик тилаб Хар дилга эзгулик оловин калаб Яхши ю ёмонни ёд айлаб ё Раб Согиниб яшайлик бир биримизни Ёдимда шод кулиб юрган онларим Жонимга жон кадар жона жонларим Унутмасдан албат кадирдонларим Согиниб яшайлик бир биримизни Тим кора кош кузли гузалим эркам Яратган бахтингиз айласин бекам Сиздан бир утинчим нозли маликам Согиниб яшайлик бир биримизни Бахорни согиниб кутган лоладек Сайроки булбуллар этган лоладек Кунглида губори йук ёш боладек Согиниб яшайлик бир биримизни Кунлар шу зайилда утар ва кетар Мен айтдим менга бу сузни ким айтар Шеьрим тамом Омин Оллоху Акбар Согиниб яшайлик бир биримизни Davronbek Abdurahmonov
Улмакка розиман сен учун майли, Лабингнинг болидан бир бор тотсам бас. Мухаббатга томон улимнинг вахми, Аста узоклашар мендан бир нафас. Биласан хайотим кулингда мангу, Эхтирос аланга йокар калбимга. Мендан сунг дунйода бир сиким чангу, Бархайот мухаббат колар бахтимга.
Yomg'ir ostida! Esingdami yomg'irning tomchilarida Go'zal bir bog'da aylanar edik Quyoshning oltin mayin nurida muhabbat bog'ida gul yashnar edik Biz yurgan yo'llardan gullardi shu payt Ajib va go'zal gulzor gullari Ularning yuzida bir ajib sir bor Muhabbat nolasin kuylar dillari Biz esa parishon hayol suramiz Ko'kdagi bulutda yurgandek go'yo Xudo xur siylagan muhabbat ila Sevgining amriga bo'ysunar dunyo
Yuragim xazondek tebranib qoldi. Sensizlikga ko`nolmadim yolg`izim. Ayriliq jonimga azoblar soldi.Diydoringga qoldi zor ikki ko`zim. Visoling istagan bedor ruhimga. Jonsiz bu tanim nishdan bo`lgan bir qafas. Yashayabman bir zum oromni sezmay. Nazarimda olyabman so`nggi nafas.
СИЗДАН ДУНЕ СУРАМОВДИМ, ДУНЕИНГИЗ ТО КЕЛДИ МУНЧА. МУХТОЖЛИКДАН БЕЗИБ КЕЛМОВДИМ, ИРОДАМ БОР ЕТАР УЛГУНЧА... СУЗЛАРИНГИЗ КАЛБИМГА СОЧДИ УК ЯХШИ КУРИБ ДИЛГА УРОВДИМ... АМАЛ ЭМАС,ПУЛ ЭМАС ЙУК-ЙУК, БИРОЗГИНА МЕХР СУРОВДИМ!
Salom Baxor! Suyukligim, go'zal Bahor Betakrorsan, Qalbing doimo beg'ubor, Bugun quyosh salomingni, Menga yetkazdi, qo'lin tutqazdi Sog'inchlardan bugun ko'zyoshlarim, yomg'irga aylandi,dardga boylandi. Men kuz fasliman seni sog'ingan, Men kuz fasliman senga talpingan. Lekin avsus qismat ekan bizlar, Diydorlashish hech nasib etmagan. Sen qaytarib bergan Daraxtlarni, Nafasing Tegib o'tgan yerlarni, Qattiq quchoqlasam, Faryod ursam, Har safar hazonga aylanadi. Ming bor avsus, ming bor afsus, Yonmayon emas ekan Bahor-Kuz Ming bor afsus, ming bor afsus Uchrasha olmas ekanmiz yuzma- yuz
« 1 2 ... 7 8 9 10 11 ... 42 43 »
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
Kunlik hisob-kitob
Yangilik +
SmS+