Visolim sevadi bu oshiq ko'zlar, Qalbimga hech ham solmaydi nazar. Qandaydir soxta sevgidan so'zlar, Aldar, gunohdan qilmasdan xazar. Menga atalgan yolg'on so'zlardan, Charchadim soxta yoshli ko'zlardan. Samimiy muhabbat izlayman har on, Lekin, uchramas kutsamda hamon... Dard kelib, dardingni aytay desang, Hech biri qayg'urib tinglamas. Gohi hayotdan charchab,ketay desang, Sen bilan ketmaydi, olib ham qolmas...