
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Shanba, 28.02.2026, 23:34 |  |
|
 |
Главная » 2011 » Aprel » 04
|
Қулингдан келса замондан илгарироқ юр, агар қулингдан келмаса, замон билан баробар қадам ташла, аммо ҳеч қачон замондан орқада қолма . . . ! ! ! ( В. Я. БРЮСОВ )
|
|
Tangrim ber so'ngi bor imkon ko'rib qolay yorimnig go'zal yuzini jonim deya olardim uni ilgari endi o'zga yorning umr mazmuni so'ngi bor ko'rayin uning ko'zlarin mayli tinglolmasam ham shirin so'zini ko'rayin ko'zdagi sevinch yoshlarin yorim endi o'zganing umr mazmuni Tangrim quvvat bergin to'yga borayin davrada o'ynayin, raqs tushayin kulayin,kulayin xursand kulayin yorim endi o'zganing umr mazmuni Tangrim ruxsat ber so'ngi bor ichay qalbdagi dardlarimni yuvib ketsin may vafosizga chin dildan omad, baxt tilay yorim endi o'zganing umr mazmuni bir umr baxtli bo'lsin u bilan birga men buni kuzatib cheksiz quvonay do'stlarim tan berdim achchiq taqdirga yorim endi o'zganing umr mazmuni
|
|
Yig'lar yurak, ho'rsinar yurak sizsiz o'tar kundan og'rinib ond ichmoqlik edi ne kerak? Hudo haqi, sizni sog'indim. menga bir so'z ayting ham demayman bir umrga qayting ham demayman bir ko'rmoqqa yillar yig'layman hudo haqi, sizni sog'indim. olib ketsin deya oq qushlar tunni kutdim ko'rmoq uchun tush hijron meni qafasda ushlar hudo haqi, sizni sog'indim ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar suymaganim suykalib boqar oh zorlarim eshigingiz qoqar hudo haqi, sizni sog'indim g'uncha-u gullar parvona qush tilida honishlar aytdim garchi bu so'z shoirona lekin sizni sog'inib ketdim
|
|
ketarman olislab sendan men bir kun qarab qolarsan ortimdan yig'lab unutolmay meni yurak bag'ring xun sog'inib o'tarsan bir umr eslab
|
|
Tursang baxtdan quyoshday porlab, Har qadam yoningda bo'ladi paydo. Tashlab ham ketadi,mehriga zorlab, Dard tanangni yeb,qilganda ado... Yomg'ir ostida qolgan tunlarim, Qayg'urib,yonimga kelmading bir bor. Yomg'irga qo'shib to'kkan yoshlarim, Tomchisi ham senga emasdir aslo.
|
|
Visolim sevadi bu oshiq ko'zlar, Qalbimga hech ham solmaydi nazar. Qandaydir soxta sevgidan so'zlar, Aldar, gunohdan qilmasdan xazar. Menga atalgan yolg'on so'zlardan, Charchadim soxta yoshli ko'zlardan. Samimiy muhabbat izlayman har on, Lekin, uchramas kutsamda hamon... Dard kelib, dardingni aytay desang, Hech biri qayg'urib tinglamas. Gohi hayotdan charchab,ketay desang, Sen bilan ketmaydi, olib ham qolmas...
|
|
O`ZIM HAM GOHI BO`LAMAN HAYRON, BARIGA YETAR KUCHIM BARDOSHIM, LEKIN NEGADIR BIR SO`ZNIGINA, AYTISHGA YO`L QO`YMAS HECH G`URURIM. SATRLARGA JOYLAB BOR ALAMIM, QILARMAN SIZGA SO`NGI ISXORIM, AZIZIM, PINHONA BO`LSA HAMKI, SIZNI JUDA JUDA HAM SOG`INDIM
|
G`AMGIN SHE'R
Umr ham o`tganday... go`yo bir kunda nastarin guliday ochilib so`ldik. go`yo bir nafaslik ravshan quyunda qalbi so`qirlarga asfsona bo`ldik, qushlarni muzlatgan qora buyuqda soyamiz qo`shilib devona bo`ldik.
Marmari qo`rg`onlar oyoqlarida umrini yondirgan darvozabonlar... quturgan jaholat tayoqlaridan sillasi qurigan daryozabonlar... dunyoning qayroqtosh taboqlarida kimlarga yig`ladi pari sabolar.
Otlarning chirigan kallasi kabi mohiyat raftori ko`ringan chog`lar, oylarning uvalib tushgan pallasi, yuraklar gulini kuydirgan dog`lar, kimlarga atalgan edi faylasuf qoyalar boshida qoraygan dorlar.
Ig`vo chechaklari... fitna bog`lari... saltanat poyidan oqqan bazmlar, tuhmatni shopirgan kunlar novlari, raqqos libosini kiygan nazmlar, vaqtning milyonta kar kar go`rkovlari ezilib kimlarga lahad qazdilar.
Umr ham o`tganday... nahot bir kund
...
Davomi »
|
|
AGAR...
Tuhmatdan yiqilsa birorta do`stim, men-chi xilvatlarda berkinib yotsam. Bu ham yetmaganday ancha vaqt o`tib, poklikdan so`ylasam, xotira sotsam. Yo`q, bo`lmas, yashardim boshimni egib, kezardim umrbod yurtma-yurt oshib. Odamzot ko`ziga qarolmasam tik, ko`ksimga osilgan bo`lardi boshim. Yo`q, yo`q, yo`q... Albatta birga bo`lardim tamug` malaylari ishga tushgan choq. Do`stimla yonma-yon turib o`lardom, ehtimol, o`lardim undan oldinroq.
|
|
MUHABBAT
Muhabbat — chiroyli kapalak, qo`rqaman sho`rlikni tutgani. Kapalak quvganim yonimda, yodimda yo`q ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay na ermak, taskinga ko`nadi. Muhabbat — chiroyli kapalak, hali ham gullarga qo`nadi.
Ortidan halloslab chopaman, xijolat bo`laman go`rlikdan — qanchalik yugurmay, baribir orqada qolardim sho`rlikdan.
|
|
ARMON
Kuylolmadim, yaqroqlar kabi, quruq shoxday titrar ovozim — so`lib qoldi bahorim tag`in, suvga cho`kdi yana bir yozim.
Kuzak keldi bag`rimni dog`lab; qo`lin cho`zdi giyohga, gulga, sayradilar so`ng bora, bog`lar to`lib qoldi o`lik bulbulga...
Qorlar yog`di, og`ridi jonim, uxlayotgan bog`lar poyida kuylolmasdim, undan yomoni yashil edim qantar oyida...
|
|
Agar sevgi gunoh bo'lsa Demak menda gunoh bor Bu gunohdan habardor Yana bitta guvoh bor U sirimni aytmaydi O'zgaga ochiq oshkor Chunki uning o'zi ham Xuddi mendek gunohkor!
|
|
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|