Meni sevmagan sevgilim! Ahvollaringiz qalay? Kimgadir cheksiz baht,
yana kimgadir achchiq alamli iztiroblarni tuhfa etib yuribsizmi? Shular
qatori meni ham sog'inch azobining qo'llariga yolg'iz tashlab
ketdingiz. Osmon - osmon vadalarni berdingizu, ammo oddiygina vafoli
yor bo'lolmadingiz. Ikkimizga yetadi digan sevgingiz yolg'iz o'zingizga
ham yetmadi. Gohida sizni o'ylamayman ham, lekin gohida esa
sog'inchlarim oldida ojiz bo'lib qolaman. Menga bunchalik bag'ritosh
bo'lmagin derdingiz -u, lekin, o'zingiz... mendan ham o'tdingiz.
Nahotki meni sog'inmayapsiz? Nahotki meni unutib yuborgan bo'lsangiz?!
Bunchalar tez unitib yubormasangiz... menga ham o'rgating
sog'inmaslikni, eslamaslikni, butunlay unitsihni menga ham o'rgating.
Sizga nima yomonlik qilgandimki endi azobini tortvomman. Menda nima
alamingiz bor ediki bunchalar aldadingiz. Shuncha aldovlaringiz uhchun
nega aynan meni tanladingiz? Meni gunohim nima edi sizni sevganimmi
yoki sizga ishonganim? Lekin men afsuslanmayman. Men sizsiz ham yashay
olaman. Siz bo'lmasangiz ham hech narsa o'zgarmaydi, hayot ham to'xtab
qolmaydi. Ko'p narsa yoqotmayman, faqatgina sevgimdan, sizdan boshqa.
Yangi sevgi eskisini o'rnini bosib ketadi. Afsuslanaman faqatgina bir
narsa uchun, u ham bo'lsa sizni deb yoqotganim ISHONCH uchun.
Atrofdagilarga nisbatan bo'lgan ishonchim yoqolgani uchun. O'zim
istamasam ham o'zgalarga ishonolmayman. Siz menga ravo ko'rgan azobli
sevgingizni esa unitolmayman.