
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Payshanba, 05.03.2026, 03:20 |  |
|
 |
Главная » Sherlar [ Стихи ]
|
Go'zalim hammadan go'zalsan, Shirinsan, shakarsan, asalsan, Sevgiga bitilgan g'azalsan, Bahorda tug'ilgan bahorim. Komating navbahor niholi, Yuzlaring gullarning jamoli, Lablaring gul g'uncha misoli. Bahorda tug'ilgan bahorim. Termulib to'ymayman yuzingga, Aslo ko'z tegmasin ko'zingga, Erkalik yarashgan o'zingga, Bahorda tug'ilgan bahorim. Kulishing o't yoqar jonimga, Tug'yonlar sig'maydi qonimga, Bir nafas o'ltirgin yonimga, Bahorda tug'ilgan bahorim. Bilaman bir kuni ketarsan, O'zga bir manzilga yetarsan. Gulingni kimgadir tutarsan, Bahorda tug'ilgan bahorim. Sen fakat yoshliging unutma, Bag'ringni toshligin unutma, Zor qolgan oshig'ing unutma, Bahorda tug'ilgan bahorim.
|
|
Mening eng bahtli kunim, seni uchratganim... Tasodifan bo'lgan uchrashuvimiz Hayotimni butkul o'zgartirib yubordi, Seni ko'rgan zahotim Yuragim sen tomon talpina boshladi.. Sen hayotim mazmuniga aylanding Her safar seni ko'rganimda Nechog'lik sevishimni his qilaman Lekin sening yuragingda, Nelar borligini tushunaolmayman Orzularim ushalmaydiganga o'xshaydi.. Yo'q! men orzu qilgan sevgi Armonga aylanishini istamayman Umid bilan yashayman!!! Orzularimninmg ro'yobga aylanishi Faqatgina senga bog'liq Muhabbatim...............!!
|
|
Oftob bo`lgim keladi, Kunda seni ko`rmoq uchun, Tunda oy bo`lgim kelar, Tunni sen-la o`tkazmoq uchun. Shamol xam bo`lgim kelar, Seni bir quchmoq uchun, Yomg`iru qor bo`lgim kelar, Labingdan o`bmoq uchun. Balki qush bo`lib qolay, Sen bilan uchmoq uchun, Balki endi tushunding sen, Jonim bermoq sen uchun.
|
Beklarga hos hislatingiz ,so’zlaringiz o’zgacha , Meni mahliyo etgan ko’zlaringiz o’zgacha . O’zgachadir nigohingiz vujudimni yondirar, Ko’nglim uzra qolib ketgan izlaringiz o’zgacha . Ne-ne yigitlar ichra sizga yo’qdir hech qiyos , Hech kim sizga o’hshamas , to abad ,hanuzgacha . Erursiz qalb quyoshim ,go’yo men chetda yulduz , Tunlari etmas nuringiz bu bedor yulduzgacha . Ataydurman “Begim”debon ,nasib etsa Allohim , Yoningizda bo’lay o’zim ,bahorlardan kuzgacha . Ko’zim tolmas kutishdan ,kifoyadir bilsangiz – Sizni bahtli etguvchi Malikangiz o’zgacha.
|
|
Sog''inchlarim "MAKSIMAL''NO" Yuragimiz"STABIL''NO" Ko''p qiynamang"MNE BOL''NO" Sizni ko"rgim kelar"OCHEN SIL''NO"....
|
|
Oltin - kunlar, o`tti tun, Xayoldasan san xar kun, Nima qilay man shu dam, Kurgim keldi, har dam. Kunglinda bordir alam, Kuzim buldi bugun nam, Kelar g`boring shu dam, Seva olmay man Vandam!.
|
|
Armon nima? Ayriliq? Hijron? Yoki tushga aylangan sevgi... Sen ketding-u yuragim vayron, Qaytmas qushga aylangam sevgi... Bilomadim,taqdirmikan bu? Muhabbatim tush bo'ldi ro'yo... Sen ketding-u hayot ham og'u, Qaro tushga burkandi dunyo... Armon bo'lgan ishq ketar bo'ldi, Ushladig-u, tutib qololmadik. Bu dunyoni tark etar bo'ldi, Bizlar baxtga yetolmadik....
|
|
DERAZA RAXIGA SUYANIB SEKIN, KIMNIDIR KUTAMAN INTIQIB TOLIB. BA´ZIDA SHOSHILIB ORTGA QARAYMAN, KELDIMIKAN MENING KUTGANIM. BIR UMR KUTAMAN, DERAZA RAXIGA SUYANIB SEKIN. AXIR O´ZIM XAM BILMAYMAN, UNING KIMLIGIN.
|
|
Yodingdami ikkimizkezgan xiyobon, Sevgimizga ulkan daraxtlar guvoh. Bizga havas qilib yulduzli osmon, Har tun makonidan berardi panoh. Endi muhabbatning ko'zlarida yosh, Visolga etmagan kunni qarg'aydi. Nene azoblarga dosh bergan bardosh, Endi ayriliqqa dosh berolmaydi. Ayriliq oh bu qadar azob, Uning taftlaridan muzlaydi yurak. Sensiz yasholmadim yasholmam ortiq, Sensiz yashash o'zi kimga ham kerak.
|
|
Ko'nglim to'la dardlarim ila, Sendan so'zlay takror va takror, Hech bo'lmasa umringda bir bor, Vaqting bo'lsa meni esga ol.
|
|
Mangu birga tashlasak qadam, Sadoqatli yoringman ishon, Hudo haqqi ichaman qasam, Man uchun sen eng aziz inson
|
|
Bahorlar shamolin asraydi, Bulutlar hilolin asraydi, Buloqlar zilolin asraydi, O'zingni men uchun asragin Jonim. Tiriklik eng buyuk inoyat, Sevgisiz yashamoq jinoyat, Azizim bu dunyo omonat, O'zingni men uchun asragin Jonim.
|
|
Sevsang meni yoshligimda ham sev, Soch oqargan chog'imda ham sev, Sevsang meni sog'ligimda ham, Bemor yotgan chog'imda ham sev! Sevsang meni birga yurganda, Yolg'iz qolgan chog'imda sev, Sevsang meni kiyim yarashgan, Yarashmagan chog'ida ham sev! Sevsang meni yoshligimda ham sev, Soch oqargan chog'imda ham sev, Gar sevgimdan umidvor bo'lsang, Yolg'iz qolgan chog'imda ham sev! Yuragimni topshirdim senga, Vaqtinchalikmas bir umrga sev!!!!!
|
|
OLLOH YO'LING YORITSA, AZOBIN INKOR ETSA, DOIM BAXTIYOR ETSA, MENDEK YORING ESLARMIKINSAN?! TO'RT FASLING BAXOR ETSA, ZULMATING NAXOR ETSA, DUSHMANLARING XOR ETSA, MENDEK YORING ESLARMIKINSAN...! OSHIG'ING MINGGA YETSA, BOSHINGDAN OSHIB KETSA, SEN UCHUN JONIN BERSA, MENDEK YORING ESLARMIKINSAN...! KAMCHLIGING BOR ETSA, ZOR-U INTIZOR ETSA, QADAMING GULZOR ETSA, MENDEK YORING ESLARMIKINSAN...! BIR BOR YODGA OLARMIKINSAN....!
|
|
Oy ham menga sen haqda so'ylar, Hayolim ham bir seni o'ylar, Nasib qilsa qilamiz toylar, Faqat sizni sevaman degin, To'y qilamiz yuzlarda kulgi, Qalbimizda bir shirin tuyg'u, Yoring bo'lay yoningda mangu, Faqat sizni sevaman degin, Mayliga jonim olsinlar keyin, Qulog'imga bo'lsa ham sekin, Faqat, Sizni Sevaman degin!!!
|
« 1 2 ... 14 15 16 17 18 ... 42 43 » |
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|