
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Juma, 06.03.2026, 00:47 |  |
|
 |
Главная » Sherlar [ Стихи ]
Тушун хаётга интилгин Шоирагинам! Сен кузингда ёш тукмагин утинаман. Биласанми ёшларинг, арзимас унга. Сен яшагин шодланиб кунда. *** Кара дустларинг купку шунчалар хам куп, Нохотки сен курмайсан. Узи сен айтчи менга сен кимларни уйлайсан, Сен яшашни ургангин. *** Хаётга тик бок жоним, хеч качон йегламагин! Калбингни тирнамагин. Хали курарсан Энг бахтиёр ёр буларсан, Узингни севгинга узинг хавас киларсан! * Мен бир кун кетарман! ********************************** Мен бир кун кетарман сени тарк этиб, Коларсан узингни кайгуйинг билан. Мен бир кун кетарман сени тарк этиб, Коларсан хурсандлик кулгуйинг билан. *** Кетарман бир умир сени тарк этиб, Сени эсламаслик онтини ичиб. Мен кетарман кайтмасман сенга, Хаёлдан учириб ташларман хуснинг.
...
Davomi »
|
Sendan yuksak nima bor, yulduz? - Ona mehri. - Sendan keskin nima bor, olmos? - Onalar qahri. - Qayerdan olding otashni, quyosh? - Ona qalbidan. - Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh? - Ona zarbidan. - Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl? - Yo`q, ona izi. - Senmi, totli, shifibaxsh asal? - Yo`q, ona so`zi. - Dengiz, nedir kenglika tanho? - Ona og`usi. - Sendan shaffof ne, tongi ziyo? - Ona boqishi. - Yaratgusi senmi, tabiat? - Yo`q, yo`q, onalar. - Baxt bitguvchi senmisan, hayot? - Yo`q, yo`q, onalar...
|
Ko‘zlaringda nega nam demang, Yuragingda buncha g‘am demang. Davlating ko‘p nima kam demang, Yolg‘iz ayol dardin kim bilar. Kulsang nega kulding deydilar, Yig‘lasang ne bo‘lding deydilar. Ochilmasdan so‘lding deydilar, Yolg‘iz ayol dardin kim bilar. Yog‘ilganda malomat toshi, G‘am-g‘ussadan egilar boshi. Yostiqni ho‘l qilar ko‘z yoshi, Yolgiz ayol dardin kim bilar. Yomonlarning so‘zidan ming dod, Yomonlarning ko‘zidan ming dod. Yolg‘izlikning o‘zidan ming dod, Yolg‘iz ayol dardin kim bilar. Meni havas qilma, jon qizim, O‘zing baxtim o‘zing yulduzim. Yolg‘izlarga tilaylik to‘zim, Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.
|
Tunda beshigini quchguncha ayol Farzandiga alla aytar,ko'zda yosh. Oh allamikan yoki ayolning dardi?, Osmon ham yig'ladi,berolmay bardosh! Neni kuylamoqda-bu munis ayol? Yeru-ko'kning bag'rin solib larzaga. Jangchi yorin kutib, surguncha hayol, Gohida nigohin tikar derazaga. Shu asnoda ayol kutar yorini Tiq etgan tovushga tutgincha quloq Birgina diydorga atab jonini, O'z-o'ziga berar javobsiz so'roq.. -Mana bahor keldi,bodom gulladi Necha fasllarni o'tkazdim sensiz. Sog'inchdan!bu ko'zlar yig'lab to'ymadi Qaydasan,holing ne kechyapti mensiz?...
|
Sen bir chechakmiding bogda ochilgan, Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan, Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan, Men seni azizam deyinmi ayol? Sen uchun yozildi qancha qo'shiqlar, Ortingdan ovvora qancha oshiqlar, Qoshingda eridi toshdan qattiqlar, Men seni azizam deyinmi ayol? Seni haq yo'lingdan toydirguchi ko'p, So'ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko'p, Ba'zida joningdan to'ydirguchi ko'p, Men seni azizam deyinmi ayol? Erta saharlarda uyqudan kechib, Dalaga otlanding, bolang opichib, Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib, Men seni azizam deyinmi ayol? Ba'zi erkaklarda qolmadi imon, Er-hotin qo'sh-ho'kiz desalar-yolgon, Qo'shni endi yolgiz tortasan giryon, Men seni azizam deyinmi ayol? Joying poygak bo'ldi, doim, to'r emas, Mehnating, zahmating oshkor, sir emas, Joningni dedilar qirqta, bir emas, Men seni azizam deyinmi ayol? Yurakda qoldirdin
...
Davomi »
|
|
Ayol - bu mehribon onaizor! Ayol - bu dardkash singil! Ayol - bu sevikli yor! Ayol - muqaddas xilqat!
|
|
erta tongda ko'zlarim ko'rib oyoqlarim yerni his qilib yashab tursam yuragim urib shukur senga QodirAllohim .
|
|
Yorim yo'q", deb yig'laydi inson, Bilmaydimi, Olloh unga yor! "Do'stim yo'q", deb o'kinar inson, Bilmaydimi, Joynamozdek vafodori bor! "Sirdoshim yo'q", deb bo'zlar inson, Bilmaydimi, Namozku sirdosh! Gar Iymonla o'tsa dunyodan, Islom unga bo'ladi quyosh!
|
|
Umr daryodek oqar. Yaqindir qaytmas safar. Ruh ko'kka parvoz etar. Kelar ketar bu dunyo. Dilim, bo'lma besabr. Jonimga qilma jabr. Borar joyim tor qabr. Kelar ketar bu dunyo. Alloh rozi bo'lsin.
|
|
Ajal shunday ko'prikki, undan hamma o'tadi. Kafan shunday to'nki, uni hamma kiyadi. Tobut shunday to'nkaki, uni hamma minadi. Qabr shunday uyki, unga hamma kiradi.
|
|
Tuproqdin yaralmish aslida inson Oxiri tuproqqa qaytar begumon. Rabbim rizosiga erishmoq uchun Ixlos va ibodat yagona imkon.
|
|
Bu dunyoni bir yaproqqa o'xshataman, Jism-u jonim yer-tuproqqa o'xshataman. Bir insonning hayotga kelib ketishin Yonib o'chgan nur-chaqmoqqa o'xshataman
|
|
Ikkisi bir zamon bino bo'lgandek, Ko'zga surmo yoki hino bo'lgandek. Aroq bor majlisda, zino bo'lgandek, Iymon amal ila aka-ukadir! Birodar amal qil kufrda turma, Alloh dilda bo'lsa bas, deb o'y surma. biridan boshqasin ayira ko'rma, Iymon amal ila aka-ukadir! Amalsiz iymonni shaytonlar yerlar, Iymonsiz amal ham habata derlar. Ular go'yo ikki egizakdirlar. Iymon amal ila aka-ukadir!
|
|
Hayot bir sinovdir har bir insonga, Goho yo'qotarkan,goho toparkan. O'kinmang "hech nima qolmadi" deya, Siz bilan yagona ALLOH qolarkan.
|
|
Говори кратка, Проси мало, Уходи барзо, Некому не верь, Ни на кого не надейся, Никого не желей, Не плач , улыбайся..............
|
« 1 2 ... 16 17 18 19 20 ... 42 43 » |
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|