Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech, Yuragim adog’in ko’zlama, jonim, Quyoshim vasliga yetolmadim hech – Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.
Men senda yorimni ko’rib adashdim, Men senga jonimni qildim omonat. Men senga borimni berib adashdim – Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.
Endi ayriliqdan tonganim bekor, Alamli so’nggiga yetdi ertagim. Seni deb bir umr yonganim bekor – Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim.
Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar, Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim. Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar – Qo’yib ber – tinmasin bugun ashklarim.
Diydorning kasriga g’urur qoldimi, Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik. Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi – Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik.
Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut, Mening qo’lim tutgan sodiq alamim. Har qanday so’zingga dil saqlar sukut – Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim!
Бу хикояни дунёдаги хар бир ота укишини жуда истардим. Сабаби, гулдай аёли билан фарзандларини ташлаб кетаётган падари бузрукворлар кам эмас. Отанинг уйдан кетиши, оила бузилиши, фарзандларнинг рухига катта зарба беради. Хурмат ва Худо берган буюк туйгуларни топталишига олиб келади. Болам, бола-ку дейсиз! Ташлаб кетганингиздан кейин томогингиздан кандай овкат утади азиз ота? Болам дейсиз-у, сизнинг конингиз окиб турган бир
... Davomi »