Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Saytimiz yana ishga tushganidan hursandmisiz?
Barcha javoblar: 352

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Dushanba, 23.06.2025, 00:50
Главная » Sherlar [ Стихи ]
Qo'lim bordi...Ko'nglim chopmadi,
Parcha-parcha qildim suratni.
Anglolmadim,qayerdan oldim,
Jasoratga tengdosh jur'atni...

Qo'llarimdan to'kildi hislar,
Men esa jim kuzatib turdim.
Qancha sevmay o'zimga o'zim,
Unut! Unut!-deya buyurdim...

Men kechmoqni istadim sizdan,
O'n daqiqa sizsiz yashadim!
Jonni tikib soat miliga,
Olti yuz soniya sanadim...

Asli o'zi tushunmoq mushkul,
Dil deganning tilaklarini.
So'ng yuzimga bosib yig'ladim,
Suratingiz bo'laklarini...

Ishqingizni bo'laklarini...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 826 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevman deb aldading meni
Yaralading yuraklarimni
Oxirida aylading jafo
Xursandmisan endi bevafo
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 884 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko'ngil bo'lib ochilding-u kulmading
Ko'ngil bo'lib bir ko'ngilda qolmading
Ilxom chekkanda jon xazrati kelmading
Muxabbatim faqat sen san armonim

Gox ming qotim yugurdimku izingdan
Ketma dedim g'uncha yuzing olib ko'zimdan
Xazar etdim nomart turgan pasimdan
Muxabbatim faqat sensan armonim

Seni eslab oqaverdi kunlarim
Yodga oldim eng baxtiyor kunlarni
Sen men qolib baxtli qilding kimlarni
Muxabbatim faqat sensan armoni

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 867 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal!
Majnuntol singari yoyma sochingni.
Mening gunohimni kechirgil bir gal.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga haw achin.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 837 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ba'zilar baxt ne deb mendan so'raydi,
Baxt degan-oson gap-orzuga yetish!
Yetish yo'lin ayt deb yana qo'ymaydi,
Buning uchun kerak mashaqqat chekish.

Ba'zilar so'raydi sevinch nima deb,
Bu xam oson narsa-betashvish bo'lish.
Tashvishdan qutulish yo'lin so'rarsiz,
Ha, buning chorasi-halol mehnat, ish.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 836 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sen hali qizlarning shohi bo'lasan,
Sonsiz yulduzlarning yagona mohi.
Sen hali qalbimning ohi bo'lasan,
Ne kuyuk dillarning o'chmas faryodi.

Hurkak tabassumlar ko'chadi hali,
G'uncha lablaringga, guldek chehrangga.
Yuzlarimni tilib, sochimni yulib,
Zikrga tushaman xali tegrangda.

Ruhimda uyg'onib tuyqusdan bir tong,
Sibizg'a chaladi hali taajjub.
Ko'nglim och chumchuqday chirqirab nolon,
Shoxlardan-shoxlarga yuradi ko'chib.

Hayrat telbalanib do'mbira chalar,
Gupurlab, dupurlab o'ynaydi yurak.
Men esa, hapqirib o'lmaslik uchun,
Qaygadir bosh olib ketmog'im kerak.

Omad hali seni qaydadir kutar,
Hali falaklardan kelgaydir yorliq.
Changlarga belanib hali elanar,
Go'zallik poyida to'kilgan borliq.

Yulduzday porlagay chashmi timlaring,
Izlaringdan hali ungusi chechak.
She'r bo'ladi, gulim, tabassumlaring,
Kulgularing buyuk doston bo'lajak.

Men ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 939 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sendan yiroq ketdim ko'ngil uzilmaydi,
Muxabbatim imorati buzilamydi.
Buni kimdir bildi,kimdir bilmadi,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Ming so'moqqa yetaklaydi ishning zayli,
Bizdan ortiq emas ekan Majnun-Layli,
Xofiz bo'lib ketdim mana sen tufayli,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Endi qayta uchrashmaymiz alvido yor,
Yuragimning eng tubida bir nido bor.
U dunyoda uchrashtirgin parvardigor,
Armon bo'lgan asl yorim yodimdasan.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 868 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Azoblanma do'stim o'rtanma,
Shubxalaring barchasi bekor,
Seni maftun qilgan go'zalning,
O'zi maftun, beqaror.

Asl sevgi tilda bo'lmaydi,
Qiz demaydi "Sevdim, oshiqman !"
Bilmak bo'lsang ishqin, sevgisin,
Qalbin tingla, shoshma, oshiqma...

Boqishidan anglamoq mumkin,
Niyat, ishqin aytmasdan bir so'z,
Chunki ba'zan qalbning sirini,
Oshkor qilar bir tabassum, ko'z.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 819 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Seni kutib yashayman jonu-jaxonim,
Xayolimda sensan tunlarim bedor,
Vaslingga yetsam gar qolmas armonim,
Yo'lingga bunchalar qilma intizor.

Yashayman chin dildan seni sog'inib,
Ishqingda to'kilar ko'zlarim yoshi,
Sen borsan qalbimda porlaydi doim,
Sira so'nmas bo'lib SEVGI quyoshi.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 798 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Oydin tunda oy nurida cho'milgan qiz,
Yuzlab nigox girdobiga ko'milgan qiz.
Nozlar qilsa qoroqlari yumilgan qiz,
Men sen uchun, sen men uchun yaralganmiz.

Oshiq sanab adshdingmi sanog'ingdan,
Qo'ygil endi qor yog'masin qabog'ingdan.
Izn bergil labim kuysin yanog'ingdan,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Aytgil tokay uyalasan xayoligim,
Qalbi sirli sevgisidan sadoligim,
Butun olam sezib qo'ydi shaydoligim,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Extirosdan entikasan xayot go'zal,
Bandidirsan muxabbatga naxot go'zal,
Ko'ngling menda yashirmagil xayxot go'zal,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Xaqlidirsan bo'lmoqlikka sen g'ururli,
Xurkak o'tli nigoxingdan dunyo nurli,
Sexrli bir tuyg'u borki u shuurli,
Men sen uchun sen men uchun yaralganmiz.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 841 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim,
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Jonu dildan sevdirib sevib
Nozli-nozli boqqan xam o'zing,
Lablarimga labingni qo'yib
Qalbimga o't yoqqan xam o'zing.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Meni esla sevgan yoringni
Quchog'ida to'lg'onma jonim.
Menga bergan va'dalaringni
Unutolmay qiynalma jonim.

Endi boshqa bizni yo'limiz,
Qo'ygil yolg'on va'dalaringni,
Uzatsak xam yetmas qo'limiz
O'z yoringdan kutgil baxtingni.

Yig'lama jonim,qiynama jonim.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 879 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Kipriklar yoshlanarkan ko'zni sog'inib,
Dudoqlar g'ashlanarkan so'zni sog'inib.
Suxbatni sog'inib yashaydi ko'ngil,
Men-ku yashayapman sizni sog'inib.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 838 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

To'kma ko'z yoshingni, yig'lama go'zal,
Majnuntol singari yoyma sochingni,
Mening gunoximni kechergil bir gal,
Bir dam qoyaga boq, ko'tar boshingni.

Tomchi tomib turar qoyadan chak-chak,
Bir tomchi toshlarga solibdi ajin.
Axir tosh emas-ku, mendagi yurak...
Ko'z yoshingni to'kma, menga xam achin.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 857 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Жаҳаннамдан тўсгувчи қил!
Жаннатларда ўсгувчи қил!
Жоҳилларга хор айлама!
Жоҳилларга ёр айлама!
Ҳусни хулқдан давлат бергин!
Тақво отлиқ савлат бергин!
Нолакор эт, тавбакор эт!
Энг аввало, хокисор эт!
Жонга эссин тоза ҳаво,
Қалбга, қалбга етказ даво!
Нафсга бандаликдан сақла!
Лаънатлама! Ёқла! Оқла!
На саодат ўлдирмоқ дев,
Севдир Ўзинг! Ҳам Ўзинг сев!
Ўзинг Тоҳир, Ўзинг Собур!
Ўзинг Раҳмон, Ўзинг Ғафур!
Ўзинг Ботин! Ўзинг Зоҳир!
Ўзинг Аввал! Ўзинг Охир!
Жаҳаннамдан тўсгувчи қил!
Жаннатларда ўсгувчи қил!
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 777 | Sana: 29.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Кундан кун кўпайиб кетар давлатинг,
Кундан кун шайтонинг улғайиб борар.
Кундан кун озайиб қолар шафқатинг,
Кундан кун ҳимматинг мунғайиб борар.

Кундан кун ортиқдир ичингда алам,
Кундан кунга заҳру заққумдир ошинг.
Кундан кун лошингга интиқ жаҳаннам,
Кундан кун яқинроқ кундага бошинг...

“Аллоҳ” де — шайтонинг дарров беркинар,
“Аллоҳ” де — ўлажак ичингда ҳасад.
“Аллоҳ” де — қайгадир ҳасрат чекинар,
“Аллоҳ” де — тўлади оғзингга асал.

“Аллоҳ” деганларнинг бол бор оғзида,
Уларни қидиргин, уларни топгин.
“Аллоҳ” деганларнинг чопгин изидан,
“Аллоҳ” деганларнинг изини ўпгин...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 863 | Sana: 29.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

« 1 2 ... 25 26 27 28 29 ... 42 43 »
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2025