Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Яна кандай кушимчалар зарур ?

Barcha javoblar: 429

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Dushanba, 23.06.2025, 13:20
Главная » Sherlar [ Стихи ]
Yana jimirlab yog’moqda yomg’ir,
Qaro ko’zdan oqayotgan yosh.
Sog’inganing men uchun shudir,
Bas, yig’lama yetar qalamqosh.

Erta, indin balki keyinroq,
Ko’z o’ngingda paydo bo’laman,
Sog’inch qonar, qonar dil, biroq,
Men ungacha ado bo’laman.

Menga visol, uchrashmoq nedir,
Gul chehrangni ko’rsam yetar, bas…
Ovozingni eshitdim hozir,
Tabassuming ko’rmoqlik havas.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 804 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
D ono, oqila qizdek bo’lsa.
O rasta va jozibador,
L utfda yulduzdek bo’lsa.
A yol bo’lsa, sizdek bo’lsa,
T amanno,Qunduzdek bo’lsa.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 840 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Nechun ko’zlaringda qora ko’zoynak,
Ko’zing qoroligi yetmasmi o’zi?
Ko’z qorang g’oliblik qildimi, malak,
Qoraga muhtojmi yo tong yulduzi?

Qoraga shunchalik o’chmi ko’zlaring,
Balki, sir bermaslik uchun urinar.
Qora ko’zoynakdan tiniq ko’zlaring,
Bulut qirg’oqlagan oydan ko’rinar…

Senga yarashadi qora ko’zoynak,
Menga ham yoqadi, taqsang, taqaver!
Parpiragan nurning oshig’i yurak,
Dilni ish o’tida yoqsang, yoqaver!

Qora ko’zoynaging aylansin sendan,
Bari bir qalbingni ko’raman aniq…
Shuncha yashirsang ham ko’zingni mendan,
Tun yashirolmagan yulduzday yoniq!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 926 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevdimmi, sevildim? So’rama mendan!
So’rama,o’zingga oydinday ayon…
Mabodo, birovlar so’rasa sendan,
O’yla, so’rog’ida balki, border jon…

Kimdir havas qilar, kimdir hasadgo’y,
Hasadgo’y oldida tiygin tilingni.
Havas qilsa, kimdir yaxshilikka yo’y,
Unga baxshida et, hatto dilingni!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 896 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Xiyobon bog’iga otilgan gulday,
Va o’zing nogahon gul bo’lib qolding.
Bahor sehrlagan oshiq ko’ngilday,
Entikib-entikib, chuqur tin olding.

Balki, bir quchoqsan, bir bog’ning o’zi…
Balki, o’xshashi yo’q ilohiy gulsan.
Sendadir, sevgilim, qalbimning ko’zi,
Men senga, sen esa sevgiga qulsan.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 848 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevdimu sevgimni goh etdim oshkor,
Goh sirday saqladim hasadgo’ylardan.
Ba’zan vazmin bo’ldim, ba’zan beqaror,
Tikanday tiklangan harommo’ylardan…

Kimning yuragi, bu, bezovta betinch,
Senikimi, jonim beraman ista!
Hol buki, ko’nglimda daf’atan sevinch,
Baxtimga salomat, borsan, Shohista.

Men seni sevardim, sevaman hamon,
Jonginam, hech qachon ikkilanish yo’q!
Oshiq dil chekmaydi ne dard, ne afg’on,
Nafaqat yetmaydi hasadgo’yga oq…

Dardimni yutdimu, chiqmadi sado,
Naqilay, ey ko’ngil, gunohimdan kech!
Ezildim, qiynaldim, entikdim, ammo,
Ahmoqning oldida egilmadim hech…

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 812 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sevaman desam gar ta’na qilma hech,
Muhabbat charog’bon oshiq yo’lida.
Xayol, chalg’itganda shak-shubhadan kech,
G’ariblikdan o’lmay sevgi cho’lida…

Men seni bugunmas, kecha topganman,
Bir gul tanlaganday gulzor orlab.
Balki, topganimda quvnab chopganman,
Urinib-surinib, qalbni yaralab…

O’ylasam, nehca yil, necha kun o’tdi,
Qancha yellar esdi o’shandan buyon.
Ne ne olovlarni vaqt komi yutdi,
Lekin, ishq yong’ini ko’ngilda hamon…

Mendan o’zga seni sevaman desa,
Ishonma, azizim, degilki, yolg’on!
Degilki, shunday deb aytdi bir keksa,
O’sha keksa uchun saqlagil imon!...

Deydilar, sochimda, saqolim ham oq…
Taajjub! Negadir, o’zim ko’rmayman?
Hali, yuragimda muhabbat uyg’oq,
Naylay! Uxlatgali uni qo’ymayman.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 776 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Mendan so’rasinlar sening yoshingni,
Bilmaganlar, mayli, bilmasdan o’tsin!
Hamisha ko’ksimda ko’ray boshingni,
Ko’rolmagan nomard qon yutsa, yutsin!
O’zgalarga aytma, ayta ko’rma hech,
Mendan so’rasinlar sening yoshingni…
Mabodo, adashsam, gunohimdan kech!
O’zing ham gunohga qo’yma boshingni!
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 856 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Muhabbat undaydi kelajak sari,
O'ylab ko'r, ishonchni oqlolasanmi?
Sen uchun azizim, ko'zim gavhari,
Gavharni gavharday saqlolasanmi?

Mening sevgim senga beqiyos, tengsiz,
Yuragim to'xtasa, yuraksan go'yo...
Demak, yasholmayman bir umr sensiz,
Yuraksiz yashamoq mumkinmi? Aslo!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 875 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 1.0/1 | Izohlar (0)

Sevgilim, men hamon qoshingda qulday...
Koshkiydi, tan, olsang, tanisang meni?
Oq oydin kechalar ko'raman seni,
Xayolot bog'ida tashna bir gulday...

Sening ko'zlaringmi yoki yulduzlar...
Shu'lalar soyasi kipriklaringmi,
Qosh bo'lib ko'ringan bitiklaringmi?
Yuragim o'q yegan ohuday bo'zlar!...

...Xokipoy emasman, o'sha isyonkor,
Xokisor oshiqman, o'sha kamolim,
Balki o'zgargandir husni jamolim,
Lekin o'sha sevgi, o'sha dard, viqor...

Yuz yillar yuzini ko'rgim keladi,
Shox qalam izidan yurgim keladi.
Orzuga ayb yo'qdir! Orzuli dunyo!
Dunyo turgungacha turgim keladi.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 865 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 4.0/1 | Izohlar (0)

Men seni sevaman, sevaman seni,
Bag'rimga bosaman avaylab gulday.
Koshkiydi tasavvur etolsang meni,
Malika poyiga yiqilgan qulday...

Men seni kuylayman, kuylayman seni,
Satrlar safiga qo'shib olganday...
Men seni o'ylayman, o'ylayman seni,
Sen ketib, go'yo men yolg'iz qolganday...

Men seni sevaman, sevgim sir emas,
Sevgim tiniqligi xuddi kunduzday...
Seni bir boqishing o'zi ming havas,
Ko'zlaring ko'zimga qo'ngan yulduzday...

Men seni kuylayman qo'rim boricha,
Qalamim nuqtada sinmasa basdir!
Men seni sevaman umrim boricha,
Yuragim bemahal tinmasa basdir!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 947 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko`zimga mil tortar, savob-gunohim,
Har gul titrog`ida qaltirar ohim,
Ey ishq deb topngan buyuk panoxim,
Sendan tilaganim armonlarmidi???
Mahzun ko`zlarimga to`kilgan dunyo,
Kuylagi dardlardan tikilgan dunyo,
Bag`riga stamlar ekilgan dunyo,
Sendan tilaganim yolg`onlarmidi???
Itlar galasidan talanib o`tib,
Ming bor qonlar yutib, zardoblar yutib,
Pajmurda yuragim hovuchlab tutib,
Yaxshi deb topganim yomonlarmidi???
Men yig`lay yoshlarim toshlarga tomsin,
Jon tig`lay ohimdan yo`llaring yonsin,
Men tondim bas, dunyo mendan ham tonsin,
Ayt, sendanm topganim hijronlarmidi/??
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 880 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yuragimda hamon yonar chog' eslasam sening ko'zlaringni
Topolmayman men o'zimga joy sog'inib mayin ovozingni
Sog'inaman lekin yuragim charchagan bu cheksiz azobdan
Qani edi unutsam seni isming uchirib yuragimdan
Qani unutsam men eslamasam o'sha kunlarimni seni sog'inib
Men achinmasam o'tgan kunlarimga yolg'izligimga asta ko'nikib
Ishontirib sen so'zlaringga berar eding sevgimga najot
Bahtli edim sen bilan birga jonim unitding meni nahot
Tushintirmay hatto sababi sen ketding aylanib orzuga
Mayli o'tsin sensiz kunlarim lekin men bormayman yoninga
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 844 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Men quvonar bo'lsam-sen sabab,
O'yga tolar bo'lsam-sen sabab.
Men o'lishni istamayman,yo'q!
Nogoh o'lar bo'lsam-sen sabab...
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 896 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sizni sog'inib boshlanar tongim,
Sizni sog'inib o'tar kunduzim,
Sizni sog'inib bedordir tunim,
Balki shunday sog'inib tugaydi umrim!
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 819 | Sana: 30.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

« 1 2 ... 24 25 26 27 28 ... 42 43 »
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2025