Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Яна кандай кушимчалар зарур ?

Barcha javoblar: 429

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Juma, 06.03.2026, 00:57
Главная » Sherlar [ Стихи ]
ISLOM
HOZIRGI KUNDA YER YUZIDA QANCHA MUSULMON BOR?

Hozirgi kunda jahon aholisining har beshtasidan bittasi Islomga e’tiqod qiladi. Oxirgi 50 yillikda Yer yuzining musulmon aholisi soni 235% ga o‘sdi va hozirgi kunda 1.6 milliardni tashkil etmoqda. Islom e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan hatto, AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniyada ham ikkinchi dinga aylandi. Rossiyada esa 16 million musulmon istiqomat qiladi.(Britannica) (Boshqa manbalarda Rossiya musulmonlari soni bir qancha ko‘pdir. BBC ga ko‘ra (1999) Rossiyada 26 million musulmon istiqomat qiladi.)

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 944 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Xo'p ajoyib dam edi yonimda yor o'lg'on kecha,
Toleim, baxtim kulib, dil lolazor o'lg'on kecha.

Shodligim ko'ksimga sig'mas, bu yurak o'ynog'idan,
Qosh o'rib pinhona ishqim oshkor o'lg'on kecha.

Zulfi ko'ksiga tushub, holini berkitdi shoshib,
Dil qushi haddin oshib, qalb beqaror bo'lg'on kecha.

La'li yoqutlar sochib, so'zlardi har dam cho'chib,
Hushim boshimdan uchib, til yo'g'u bor o'lg'on kecha.

Oshnolik baxtidan, o'z sevganimning ahdidan,
Yor visolin naqdidan, dil beg'ubor o'lg'on kecha.

Sen shukr qilg'ilki, Mirzo, telbalik ham endi bas,
Bu ko'ngil ahdida turmoqdda qaror o'lg'on kecha.

Xo'p ajoyib dam edi yonimda yor o'lg'on kecha...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 893 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Hojangni xizmatiga belingni mahkam bog`la,shunda senga dunyo o`zi istamangan holda,oxirat esa rag`bat qilgan holda keladi.Hotim al-Osim

Allohga muhabbating qay darajada bo`lsa,xalqlar ham seni o`shancha yaxshi ko`radi.
Allohdan qo`rquving qay darajada bo`lsa,xalqlar ham sendan o`shancha haybatlanadilar.
Alloh bilan mashg`ul bo`lishing qay darajada bo`lsa,xalqlar sening ishing bilan o`shancha mashg`ul bo`ladilar.
"ANIQKI,TO BIRON QAVM O`ZLARINI O`ZGARTIRMAGUNLARICHA ALLOH ULARNING AHVOLINI O`ZGARTIRMAS

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 893 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

U uzoq joylarga qilmasdi safar,
To‘kmang derdi ko‘zdan jolalarimni.
Derdi: Bir kungina ko‘rmasam agar
Sog‘inib qolaman bolalarimni.

Bedavo bir dardga chalindi sho‘rlik,
Dedi: Endi qaytib turmasam kerak.
Bo‘g‘ziga tiqilib kelsa ham xo‘rlik,
Bariga chidadi, bosiq va tiyrik.

Ketar chog‘ida ham yo‘qlikka tomon,
U taqdir hukmiga mardona ko‘ndi.
Faqatgina dedi: - Qiynar bir armon
Meni bolalarim sog‘inar endi...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 915 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko'p do'stlarni uchratdim, lekin tilni tiyishdan afzalroq do'stni ko'rmadim.
Ko'p kiyimlarni ko'rdim, ammo tavodan afzalroq libosni uchratmadim.
Ko'p mol ko'rdim, biroq qanoatdan ortiqroq mol topolmadim.
Ko'p yaxshiliklar ko'rdim, lekin nasihatdan ko'ra chiroyliroq yaxshilikni bilmadim.
Ko'p taomlarni ko'rdim, ammo sabrdan lazzatli taomni uchratmadim.
Kimki insonlarni xor qilib kamsitsa, o'zi ham xor bo'lganini ko'rdim.
So'zi ko'paygan kishining xatosiyu gunohi ko'payganiga shohid bo'ldim.
Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 867 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

MENI ESLAYSANMI?

Meni eslaysanmi, oy tilib-tilib,
Qiyqimlagan baxmalim – yalpiz?
Kimni izlayapsan, chuvalchang bo‘lib
O‘rmalab ketgan ildiz?

Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?

Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?

Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho –
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 1049 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 4.0/1 | Izohlar (1)

Sog`inch

Sog`inch sochlari oqarib ketgan
Ishonchning ko`ksiga toshlar yig`laydi
Ishonchning qo`llari endi kesilgan
Baxtimning boshini gumon silaydi

Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam

Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar
Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on
Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar
Axir hammasi ham emaku yolg`on!

Nahot quyosh umri shunchalar qisqa
Nahotki, oyning yarmi ham zulmat
Yo Rab! Bugun vafo dorga osilsa
Sevgiga go`rgov qilar xiyonat

Sevinchning suvrati sarg`ayib ketgan
Kiprikka osilib yoshlar yig`laydi
Tirnog`im ostida zindonband shayton
Ruhimga hukmdor bo`lmoq istaydi

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 843 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko`zdan ketmas ko`zingning izi
Tong otganda - sahar yoki kech.
Ey, suluv qiz, oftobning qizi,
Sen ham meni eslaysanmi hech?

Ko`zdan yog`ar yoshlar yomg`iri,
Yuragingga tushmas hech biri.
Ko`zim yoshi, ko`nglim og`rig`i,
Sen ham meni eslaysanmi hech?

Qorlar yog`ar, yog`adi qorlar,
Boshim uzra hijrondan dorlar,
Sensiz kelib ketar bahorlar,
Sen ham meni eslaysanmi hech?

Ko`zdan ketmas ko`zingning izi,
Men-ku seni unutmayman hech!
Qo`lim yetmas oftobning qizi,
Sen-chi? Meni eslaysanmi hech?

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 878 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Tor ko‘nglingni tog‘ etib,
Afgor dilim sog‘ etib,
Sevinchni hamroh etib,
Kelmaysanmi, sog‘indim.

Ko‘nglim tengi sen – tanho,
Vaslingni etgin ato.
Ko‘z yoshim bo‘lsin ado,
Kelmaysanmi, sog‘indim.

Uchrashib bir, o‘sha on
Quchog‘ingda bersam jon.
Ko‘rmoqqa topib imkon,
Kelmaysanmi, sog‘indim.

Etmay meni bunga zor,
Qoshimga kelgin bir bor.
Yurakda mehrim bisyor,
Kelaqolgin, sog‘indim.

Oshiqi giryon bo‘ldim,
Ollohga nolon bo‘ldim.
Borolmay sarson bo‘ldim,
Kelmaysanmi, sog‘inib.

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 882 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

SENI SOG‘INIB

Qorako‘z qaldirg‘ochoyimsan o‘zing,
Ko‘ksim ayvon bo‘ldi seni sog‘inib.
Ko‘zimdan bir lahza ketmadi ko‘zing,
Ko‘zim giryon bo‘ldi seni sog‘inib.

Ko‘changdan kechalar o‘tganim pinhon,
Kelmasingni bilib kutganim pinhon,
Oyu yulduzlardan tutganim pinhon,
Ishqim doston bo‘ldi seni sog‘inib.

Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
Yuragim qon bo‘ldi seni sog‘inib.

Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni –
Mozorki, qarovsiz xarobazorni
Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi?
Dilim vayron bo‘ldi seni sog‘inib.

Sargardonlik majnun-layliga edi,
Bizniki faqat gul sayliga edi.
Olisda bo‘lsang ham mayliga edi,
Bog‘im xazon bo‘ldi seni sog‘inib.

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon b ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 991 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Sensiz yolg’izdayman bu keng dunyoda,
Quyoshsiz huvillab qolganday osmon.
Go’yo yashayapman sensiz ro’yoda,
Sog’inch yuragimni o’rtar beomon.

Seni sog’inaman ko’kda oy balqsa,
Yulduzlarga to’lsa har gal bu samo.
Yanada o’rtanar qalbim yangrasa
Bizning dardimizdan yaralgan navo.

Soginchdan yurakda o’tli ehtiros
Balki sevgimizda bu so’nggi tuyg’u.
Roziman azobli bo’lsada bu his,
Soginch-la qalbimiz birgadir mangu!

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 829 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Seni o‘ylayapman...
Qaydadir sen ham,
Olis yulduzlarga
Termulasan jim...
Kimnidir kutasan
Intiqib shu dam.
Men hali bilmagan,
Dilgir malagim.

Kichik bir nuqtada,
Jamuljam xayol...
Yo‘l qarab charchagan
Nigohing g‘amgin.
Toliqqan qarashda
Son mingta savol,
Orasta qalbingga.
Bermayapti tin.

Iching anor kabi.
Qizillikka g‘arq,
Har bitta donasi –
Azobing, darding.
Ayt nega jim tiling,
Sarvinozi Sharq,
Bunchalik sabrni
Qaerdan olding?

Bitmas matonat-u
Tuganmas toqat,
Va jindek tabassum,
Ko‘zlaringda jo.
Yuraging aqlingdan
Istaydi shafqat,
Har bitta zarbasi –
Yuzta iltijo.

Bas, yetar!
Qiynoqli damlaring
Ortda,
Unutib g‘amlarni,
Shodon kulamiz.
Ezgulikka to‘la
Ko’rkam hayotda,
Albatta ikkimiz
Baxtli bo‘lamiz...

Sog‘inib, o‘rt ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 1002 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yan yana geçen geceler unutulup gider mi
Acilar birden biter mi ?
Bir bebek özleminde seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?
Suya hasret çöllerde beyaz güller biter mi
Dikenleri göğü deler mi ?
Bir menekşe kokusunda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?

Kandine iyi bak beni düşünme
Su akar yatağini bulur..

Içimdeki firtina, kör kurşunla diner mi
Kavgalar kansiz biter mi ?
Bir mavzer çiğliğinda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?
Şu kahpe dünya seni bana düşman eder mi
Dostluklar birden biter mi ?
Bir kardaş selaminda seni aramak var ya
Bu hep böyle böyle gider mi ?

Kandine iyi bak beni düşünme
Su akar yatağini bulur..

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 916 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Yolg‘iz tunlarimda uxlamay chiqsam,
Tongda quyosh kutib, bossa hayajon.
Mehrimni ko‘z yoshdan bittalab yiqsam,
Yuborgim keladi sizga onajon!

Dilimda gaplarim tplanib qolgan,
Hech kimga aytmagan sirlarim bisyor.
Xattoki yuragim urishdan tolgan.
U sizga talpinar, mushfiq onajon.

Boshimga kechalar yostiqlar botsa,
Ishongan do‘stlarim sotsalar meni.
Saratonda yoshim kiprikda qotsa,
Dardlashgim keladi siz-la, onajon.

Dunyo tashvishidan to‘ldi bardoshim,
Qo‘l silab bariga, ketaymi, deyman.
Tizzangizga qo‘yib so‘ng dardli boshim,
Uxlagim keladi, munis onajon.

Mehribon tabassum o‘zim o‘ngida,
Uxlasam quloqda allalaringiz.
Har qachon duoim boshu so‘nggida,
Albatta, Siz borsiz, aziz onajon.

Qalbingiz misoli bir ohanrabo,
O’zingiz o‘kdagi porlagan quyosh.
Ovozingiz mayin – sahargi sabo,
Judayam sog‘indim, Sizni onajon

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 811 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.

Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi menman.

Keksalik degan so‘z joy olsa dildan,
Yigitlik quvvati ketsa ham beldan,
Har kun gul olsang sen gar o‘nta qo‘ldan
Bilgilki eng avval gul tutgan menman.

Falak falakligin qilsa nogahon,
Sendan yuz o‘girsa hatto keng jahon,
Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon
Qolgan shu oshig‘ing bilgilki menman.

Ko‘zlaring bemahal yoshlarga to‘lsa,
Agar dushmanlaring ustingdan kulsa,
Oshiqlaring agar hech kelmas bo‘lsa
Marhum ul Rasul Hamzat bilgilki menman.

Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
Bilgilki eng avval ... Davomi »

Bo'limlar: Sherlar [ Стихи ] | Ko'rildi: 1031 | Sana: 31.01.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

« 1 2 ... 22 23 24 25 26 ... 42 43 »
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2026