Меню сайта
Shahsiy
Опрос
Siz ham sher yozib ko'rganmisiz?
Barcha javoblar: 680
Приветствую Вас Mehmon | RSS WWW.SHERLAR.AT.UA Dushanba, 23.06.2025, 15:16
Главная » Sherlar [ Стихи ]
G'amgin yurak, g'amga sol yurak,
Bechorani xo'rlasang bo"lmas.
Seni bugun ko'rishim kerak,
Seni bugun ko'masam bo'lmas...
Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar bergaymi omon?.. Tushun, Seni sog'indim yomon, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...
Balki quyosh qular ertaga, Ochiladi gullar ertaga. Nima bo'lsa bo'lar ertaga, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas...
Uzun tunlar bunchalar muhzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun. Men ertaga yashashim uchun, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!
çok özledim annem seni.
Ver öpeyim Ellerini Işik Tut Bana Gözlerini Sevgi Dolu Sözlerini çok özledim Annem Seni
Boynum Bükük Yaban Elde Bir Garibim Karanlik Köşede Ismin Duadir Her An Dilimde çok özledim Annem Seni
Helal Et Bana Hakkini üzdüysem Güzel Canini Geç Anladim Senin Farkini çok özledim Annem Seni
öyle Hasretim Ki Sana özenmiş Gözlerim Bulutlara Yağar Her Gece Yastiğima çok özledim Annem Seni
Bizning ko‘cha sog‘indi seni, Dov-daraxtlar ketdi ichikib. Ko‘tarolmay hijron yukini, Simyog‘ochlar qoldilar cho‘kib. Yo‘ling poylab qushlar sayradi, Tentiradi soylar telbavor. Loylar kechib bahor oylari, Yig‘lab o‘tdi senga intizor. Eh, meni qo‘y, Qo‘yaver meni, Ichikmadim daraxtlar kabi. Simyog‘ochday cho‘ka bilmadim. Sayrolmadim qushlar singari Loylar kechib bahor fasliday, Xun-xun yig‘lab o‘ta bilmadim. Menmi, Men... Eh, qo‘yaber meni... Ko‘chalar ham sog‘indi seni.
MEN KIMGA SUYANGUM
Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon: - Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon. Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Tinimsiz aldasa muhit, makoning, Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning. Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Noshukur emasman dunyoda garchand, Qaydadir menga ham bor balki dilband Va lekin tiriklay kuydirsa farzand, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Insofu ishonch ham shirin so‘z bari, Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari. To hayot ekansan qochgaydir nari, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Shunchalar kaj erur dunyoi gardun, Undan diyonatni axtarmoq nechun, Padar shod o‘z o‘g‘lin bag‘rin etsa xun, Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Mingta ko‘z poylaydi bitta joningni, Joningmas, martabang, balki shoningni, O’t qo‘ymay yoqarlar xonumoningni, <
...
Davomi »
MUHABBAT
Har mo‘min dilida bir orzu faqat, Har damda o‘yida Mahsharning kuni. Alloh gunohlarin qilib mag‘firat, Zora noil etsa jannatga uni.
Tunlari meni ham chulg‘aydi xayol, O’zing yorlaqagin meni ham, yo Rabb. Sening vasling garchi eng oliy visol, Rahm etgil va lekin holimga qarab.
Mening ham tilagim ol inobatga, Qovushtir orzular olami bilan. Rasululloh demish: Kishi jannatga Kirgaydir sevikli odami bilan.
Tavallo
Faqat sen bor Faqat sen ozod, Abadiysan faqat sen , poksan . tomirimga sevgi qo'ygan zot.
Men-chi bandang- dunyoda tolgan, Goh qum,goh loylarga botdim , Ulkan boshoq ostida qolgan , chumoliman .... yo'lni yo'qotdim . Sarbon o'zing. to'g'ri yo'l ko'rsat, Hal qiluvchi palla- shu fursat. toki dilim bog'lab diningga, omon yetib olay Inimga.
Azon..........................
Tun....G'aflat uyqusi elitgan ko'zni ,
hilvatlarda uyulgan gunohdan hirmon .
shu payt zulmatning bag'rini so'kib ,
qalblarni uyg'otib jaranglar azon.
Yuksalar uyg'otar biloliy azon ,
o'shal hidoyatning hurriyat marshi
chorlab Tavhidga ,najot -qullikka
yo'llagay viqorla kufrga qarshi .
Haqiqiy Bilolim ,ey Bilollarim , sim -sim oqib sasing yurakka yetsin , tug'yoni isyongga mingan nafs shayton , o'shal yuraklardan abadiy ketsin.
yetar ,bitsin tamom ,kufr jaholat , kibrdan o'taylik qul a'moliga , zero ,azon ortidan sajda qilganlar chorlanar azon -la haq dargohiga .
O'zingga yuzlandim.
Gohida onam ham bilmasa dardim,
Barcha menga boqsa beparvo-yu jim.
Sezdirmay yig'lasa armonli qalbim,
O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim.
Bahorim keldi-yu gullayolmadim, Quyoshim kuldi-yu nurga qonmadim. Boshim toshga tegib,unsiz yig'ladim, O'zinga yuzlandim,yaratgan Rabbim.
Bog'larimda undi na gul,na nihol, Mehnatdan qomatim bukildi behol. Yodga soldim Seni,tiklandim darhol, O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim!
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
Har elat o‘zicha atar shamolni, Mingta ism bilan yashaydi yulduz. Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni, Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
Sen bunda nochor keldingmi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Charchab izing yo‘qotdingmi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Qorli tog‘lardan oshdingmi? Shoshqin irmoqlar kechdingmi? Yoringdan ayru tushdingmi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Nechun dardli ingrayursan, Mening dardim yangilarsan. Do‘stni ko‘rmakmi tilarsan? Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Ishongan tog‘ing ketdimi? Yo nomu oring bitdimi? G‘urbatda yoring qoldimi? Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Gulistonlarda yayrarding, Toza gullarni bo‘ylarding, Ajib xonishlar aylarding, Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi, Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi, Yondi, bu yuragim yondi, Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi? Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi, Yana bahoriston bo‘ldi, Nechun yig‘larsan bulbul, hey…
Ko'zlaringdan oqqan yosh
Ko'ngillarni dog' qildi.
Ayriliqning bag'ritosh
Azoblari ham keldi.
Ketding, ketding sen ketding, Orqangda qoldim xayron. "Uchrashmaymiz biz?"-deding, Yuragim tilka, vayron...
Qalbimga o't soldingu, Tark etding sen negadir... Yarim yurak qoldiku, Qolgan yarmi sendadir...
Bir koreys qiz aqlu xushim olib qochdi, Shirin so'zlab, yurakka o't solib qochdi. Men ham uning nozlaridan shodu shaydo, Har kun uning xuzurida bo'ldim paydo. Yujin juda soddagina qizaloqcha, Keng qalbimda unib chiqqan qizg'aldoqcha. Bir daqiqam usiz o'tmas, ishoningiz, Zerikaman yiroq bo'lsam undan xargiz. Oqshomlari Yujinimni tushda ko'rib, Sochlarini o'zbek qizlar kabi o'rib. Sevgim ifodasi- ishqiy she'rlar bitdim, Yuzlaridan bo'sa olib, sevgim aytdim. ... Yujin fevral kelsa, Singapurga ketar, Bilim olib, kelajakda yurtga qaytar. " Yujinginam, ro'yob topsin orzularing, Unutmasman sening shirin kulgularing. O'zbek diyoriga kelgin, seni kutgum, Senga sodiq yuragimni taqdim etgum..."
Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Goh esarman yellar kabi, Goh to`zarman yerlar kabi, Goh oqarman sellar kabi, Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Oqar suvlardek oqarman, Dardli yuragim yoqarman. Yorimni o`ylab yig`larman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yo qo`lim ol qoldir mani Yo vaslingga qondir mani Ko`p yig`latding, kuldir mani Kel, ko`r mani ishq nayladi.
Man yururman eldan elga, Do`st so`rarman tildan tilga. G`urbatda holim kim bilar, Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Majnun bo`lubon yururman, U yorni tushda ko`rurman. Uyg`onib malul bo`lurman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Rangim sariq, ko`zlarim yosh, Bag`rim pora, jigarim tosh. Holim bilgan dardli qardosh, Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Ishqing mani mast ayladi, Oldi ko`nglum, xast ayladi.
...
Davomi »
Muhabbat — chiroyli kapalak,
qo`rqaman sho`rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yonimda,
yodimda yo`q ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay na ermak, taskinga ko`nadi. Muhabbat — chiroyli kapalak, hali ham gullarga qo`nadi.
Ortidan halloslab chopaman, xijolat bo`laman go`rlikdan — qanchalik yugurmay, baribir orqada qolardim sho`rlikdan.
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Qancha ko`zlar menga zor edi, Na g`am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen, Yengilmagan edim — yengib sen, Boshlarimni yerga egib sen. Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding, Yaxshi bor yo yaxshi qol eding, Jon kerakmi — mana ol endi, Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading: Menga bir juft guling asrading, Birin otin Kumush atading, Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ko`chang kezdim sarson, dovdirab, Yuzlarimga yuzlaring tirab, Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..
« 1 2 ... 23 24 25 26 27 ... 42 43 »
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
Kunlik hisob-kitob
Yangilik +
SmS+